08:59 / 27.11.2015
6437

Erdo‘g‘an: Turkiya Rossiya bilan munosabatlarda jiddiy ko‘ngilsiz voqea bo‘lishini istamagan

Turkiya Rossiya bilan munosabatlar yomonlashishidan manfaatdor emas. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an France 24 telekanali orqali uzatilgan intervyuda aytib o‘tdi.

“Turkiya Rossiya bilan keskinlik vujudga kelishidan manfaatdor emas. Bizning davlatlarda oliy darajadagi maslahatlashuv kengashi, yuqori rivojlangan iqtisodiy aloqalar bor. Biz Rossiya kabi davlat bilan hozirgiga o‘xshash keskinlik bo‘lishini istamaymiz”, deb aytdi Erdo‘g‘an.

“Turkiya hozirgiga o‘xshash noxush voqea bo‘lishini hech qancha istamagan edi, biroq afsuski, u yuz berdi. Biz bu holatni keskinlik o‘chog‘i deb baholamaymiz. Bizning davlatlar bir-biri bilan qo‘l siqishib, hamkorlikni davom ettirishi kerak”, deb ta'kidlamoqda Turkiya prezidenti.

Top