16:25 / 27.11.2015
2622

Germaniya prokuraturasi terroristlarga qurol sotganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olinganini tasdiqladi

Germaniya prokuraturasi qurol-yarog‘larni yetkazib berishda gumon qilinib 34 yoshli erkak qo‘lga olinganini tasdiqladi, deya xabar bermoqda Reuters.

Biroq hukumat aynan ushbu shaxsning Parijda hujumlarni amalga oshirgan terroristlarga qurol sotgani haqida izoh berishdan bosh tortdi.

“Men qurol-yarog‘ savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumon qilingan shaxs hibsga olinganini ayta olaman”, - dedi Baden-Vyurtemberg prokurori matbuot kotibi.

Avvalroq OAV axborot manbasiga asoslanib politsiya terroristlarga Parij teraktlarida foydalangan qurollarni sotgan savdogarni qo‘lga olgani haqida xabar qilgan edi.

Germaniyada ekstremistlar Xitoyda ishlab chiqarilgan ikkita Kalashnikov avtomati va Yugoslaviyada ishlab chiqarilgan ikkita «Zastava M 70» avtomatini sotib olishgan.

Top