16:00 / 27.11.2015
2250

Guardian: Parij teraktlaridan so‘ng Fransiya bayroqlarining sotilishi o‘sdi

Parij teraktlaridan so‘ng dunyo bo‘ylab Fransiya bayroqlarining sotilishi o‘sdi, deb yozadi Britaniyaning Guardian nashri.

Ta'kidlanishicha, oxirgi bir necha yillardan buyon Fransiya bayrog‘i ko‘proq millatchilik ramzi sifatida qabul qilinardi, ammo Parijda sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlaridan so‘ng tinchlik ramziga aylandi. Fransua Olland boshqa davlatlarni Fransiya bayroqlarini o‘rnatishga chaqirdi, bu bilan teraktlarda halok bo‘lgan 130 kishi xotirasiga hurmat ko‘rsatiladi. Bugun, juma kuni, ularning xotirasiga bag‘ishlangan motam marosimi o‘tkaziladi.

14 noyabrdagi fojiadan so‘ng Fransiya trikolorining sotilishi 2 barobarga o‘sdi, deb ta'kidlanadi maqolada.

Top