18:40 / 27.11.2015
5224

KUN.UZ dayjesti: 27 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 27 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Poroshenko ikkinchi muddatga prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytdi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ikkinchi muddatga prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytdi.

Moskva viloyatida trotil va to‘pponchalarga ega ikki nafar tojikistonlik qo‘lga olindi>>

Rossiya va Turkiya mudofaa vazirliklari o‘zaro harakatlarning barcha kanallarini uzdilar>>

Rossiya Mudofaa vazirligi va Turkiya Qurolli kuchlari o‘zaro harakatlarning barcha amaldagi kanallarini uzdilar.

Obama Shukronalik kunida amerikaliklarni suriyalik qochqinlarga muruvvatli bo‘lishga chaqirdi>>

AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining mamlakatga har haftalik murojaatida suriyalik qochqinlarni qabul qilishni davom ettirish taklifi bilan chiqdi.

Erdo‘g‘an: agar Su-24 Rossiyaga tegishli ekanini bilganimizda, boshqacha yo‘l tutgan bo‘lardik>>

Putin Erdo‘g‘anning turk uchuvchilari urib tushirilgan Su-24 samolyoti Rossiyaga tegishli bo‘lganini bilmagani haqidagi gaplarini bahona deb aytdi.

Erdo‘g‘an Putinga 30 noyabrda uchrashishni taklif qildi, biroq hali javob olmadi>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Parijda 30 noyabrda uchrashishni taklif qildi.

Turkiyaning Suriya jangarilariga qurol yetkazib bergani haqida yozgan jurnalistlar qamoqqa olindi>>

Turkiya sudi Cumhuriyet gazetasi bosh muharriri Jan Dyundar hamda muxbir Erdem Gulni hukumat tomonidan Suriyadagi jangarilarga qurol yetkazib berilayotgani haqidagi maqola uchun qamoqqa olishga hukm chiqardi. 

Putin: Suriyada yer usti operatsiyalarisiz terrorchilikka qarshi muvaffaqiyatli kurashishning imkoni yo‘q>>

Suriyada yer usti operatsiyalarisiz terrorchilikka qarshi muvaffaqiyatli kurashishning imkoni yo‘q, bu operatsiyani faqatgina Suriya armiyasi ta'minlashi mumkin, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan uchrashuvi natijalariga ko‘ra bergan matbuot-anjumanida.

Erdo‘g‘an: Turkiya Rossiya bilan munosabatlarda jiddiy ko‘ngilsiz voqea bo‘lishini istamagan>>

Dominikanda ikki avtobusning to‘qnashuvidan eng kamida 11 kishi halok bo‘ldi>>

AP: Boliviyalik ayol Facebook orqali 250 dollarga chaqaloq sotmoqchi bo‘ldi>>

Putin: Anqara IShIDdan neft sotib olayotganini tan olishi kerak>>

Rasmiy Anqara Turkiya tomonidan IShID nefti sotib olinayotganini tan olishi kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya rahbari Fransua Olland bilan muzokaralaridan keyin o‘tkazilgan brifing chog‘ida.

OAV: FQB IShIDga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 48 kishini kuzatmoqda>>

Kanada BMTga suriyalik qochqinlarga ko‘mak sifatida 75 mln dollar ajratadi>>

Kanada hukumati BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissariga suriyalik muhojirlarga ko‘mak sifatida 75 million dollar yo‘naltirishi to‘g‘risida e'lon qildi.

OAV: Parij teraktlari ijrochilari qurolni internet orqali Germaniyadan buyurtma qilishgan>>

Parij teraktlari ijrochilari qurolni internet orqali Germaniyadan buyurtma qilishgan.

XXR masofaviy zondlash yo‘ldoshini uchirdi>>

Dovudo‘g‘li: Turkiya Rossiya bilan ixtilofni bartaraf qilmoqchi>>

Top