21:46 / 27.11.2015
6781

OAV: Ronaldino tashqi ko‘rinishi to‘g‘ri kelmagani uchun "Real"ga o‘ta olmagan

Britan OAVida Ronaldinoning 2003 yilda Madridning "Real" jamoasiga o‘tishi bo‘yicha transferning amalga oshmay qolgani sababi haqida aytildi.

Daily Mail nashri xabarida yozilishicha, "Qirollik klubi" braziliyalik ushbu iste'dodning xizmatlaridan voz kechishiga uning juda xunukligi sabab bo‘lgan.

O‘sha vaqtda ham jamoa prezidenti bo‘lgan Florentino Peres va uning atrofidagilar bu futbolchi Madrid jamoasi imijiga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblashgan.

O‘shanda Ronaldinoning o‘rniga Angliyadan "Manchester Yunayted" jamoasi a'zosi Devid Bekhem olib kelingan. Ronaldino esa jamoaning ashaddiy raqibi "Barselona" safiga yo‘l olgan.

Qayd etilishicha, "Real"dagilar jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Rafael Benitesga vazn tashlashni maslahat qilishgan.

Top