08:12 / 27.11.2015
9820

Putin Erdo‘g‘anning turk uchuvchilari urib tushirilgan Su-24 samolyoti Rossiyaga tegishli bo‘lganini bilmagani haqidagi gaplarini bahona deb aytdi

Putin Erdo‘g‘anning turk uchuvchilari urib tushirilgan Su-24 samolyoti Rossiyaga tegishli bo‘lganini bilmagani haqidagi gaplarini bahona deb aytdi.

Putin bu haqda fransiyalik hamkasbi Fransua Olland bilan muzokaralar natijalariga ko‘ra bergan matbuot-anjumanida aytdi. Putinning aytishicha, Turkiya harbiy-havo kuchlari Su-24 samolyotini tanimagan bo‘lishlari mumkinmas, chunki ularda taniqlik belgilari bor va ular juda yaxshi ko‘rinadi.

“Bu safsata, bahona. Afsus, bu masalaga jiddiy, chuqur yondashish o‘rniga, shunday mantiqsiz tushuntirishlarni eshitmoqdamiz”, deb aytdi Putin.

Avvalroq Erdo‘g‘an turk tomoni agar Su-24 samolyoti Rossiyaga tegishli ekanini bilganda, o‘zini boshqacha tutgan bo‘lardi, deb aytib o‘tdi.

Top