16:37 / 27.11.2015
3151

Qozog‘iston BMT tinchlikparvar missiyasiga ayol harbiylarni yuborishi mumkin

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi BMT tinchlikparvar missiyasi safiga ayol harbiylarni jo‘natish mumkinligini istisno qilmaydi, deya xabar berdi mamlakat mudofaa mahkamasi bosh shtabi rahbari o‘rinbosari Muhamadjon Talasov. Bu haqda "Novosti-Kazaxstan" agentligi xabar qildi.

“Kelgusida harbiy ekspertlar sifatida BMT tinchlikparvar kuchlariga ayol harbiy xizmatchilarni tayyorlash va jo‘natish masalasini ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda”, - dedi Talasov “BMT Xavfsizlik kengashining ayollar, tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha rezolyutsiyasi” mavzusidagi davra suhbatida.

Uning ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda Qozog‘iston tinchlikparvar kuchlari brigadasida 80 nafar ayol xizmat qilmoqda.

“Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, BMT Xavfsizlik kengashining tegishli rezolyutsiyalari ado etish doirasida tinchlikparvar faoliyatini olib borish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish uchun davlat mudofaa siyosatining muhim qismi sifatida tinchlikparvar faoliyatini ko‘rib chiqmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Talasov bugungi kunda Qozog‘iston qurolli kuchlari BMTning G‘arbiy Sahroyi Kabir va Kot-d'Ivuardagi missiyasida harbiy kuzatuvchi sifatida faol ishtirok etmoqda.

Top