06:49 / 27.11.2015
2726

Qozog‘istonda jismoniy shaxslarga avtobus va mikroavtobuslarga egalik qilishni taqiqlash taklif etilmoqda

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi jismoniy shaxslarni avtobus va mikroavtobuslarga egalik qilish huquqidan mahrum qilishni taklif etmoqda, deb xabar bermoqda 26 noyabrda Bosh prokuratura birinchi departamenti boshlig‘i Qanot Seydgapbarov, deb xabar bermoqda “Novosti-Kazaxstan” axborot agentligi.   

“Bunday huquqni faqatgina xususiy tadbirkor va yuridik shaxslarga qoldirish kerak”, deb ma'lum qildi ushbu taklifni Bosh prokuraturaning hay'at majlisida Seydgapbarov.

Uning fikricha, shu bilan birga, yo‘lovchi tashuvchilarning javobgarligini qattiqqo‘llashtirish kerak. “Haydovchi va avtobus egalarining javobgarsizligi shungacha yetib bordiki, jamoat transporti haydovchilarining o‘zi yo‘l hodisalariga sabab bo‘lmoqdalar”, deb aytdi Seydgapbarov.

Shu munosabat bilan, prokuraturada haydovchilarning avtobus haydashlariga ular uchun birinchi navbatda yo‘lovchilarning xavfsizligini ta'minlash masalalarida  

qo‘shimcha malakaviy talablarni belgilab, ruxsat berish tartibini qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ildi, deb hisoblanmoqda.

Tekshiruv bilan qamrab olingan jamoat transporti uchun haydovchilar tayyorlaydigan o‘quv maskanlarining deyarli barchasida haydovchilarni sifatsiz tayyorlashlari ma'lum bo‘ldi.  

Bundan tashqari, tegishli nazoratning yo‘qligi sababli yo‘lovchilar tashish betartib ko‘rinish olmoqda: prokuratura organlari tomonidan 2 mingdan ko‘proq yo‘lovchilarni noqonuniy tashish holati aniqlandi, reyd paytida to‘xtatilgan har uchinchi avtobus xavfsizlik talablariga javob bermagan.

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ma'lumotlariga ko‘ra, har yili yo‘l-transport hodisasi oqibatida mamlakatda 3 minggacha odam halok bo‘ladi, 25 minggacha odam jarohat oladi. Oxirgi 10 yil ichida yo‘l falokatlarida halok bo‘lganlar soni 34 mingdan ko‘proqni tashkil qilgan.  

Top