01:30 / 27.11.2015
8708

Rossiya va Turkiya mudofaa vazirliklari o‘zaro harakatlarning barcha kanallarini uzdilar

Rossiya Mudofaa vazirligi va Turkiya Qurolli kuchlari o‘zaro harakatlarning barcha amaldagi kanallarini uzdilar, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Shuningdek, Qora dengiz floti va turk harbiy-dengiz kuchlari harakatlarini muvofiqlashtirish uchun Turkiyada bo‘lgan Rossiya harbiy-dengiz floti vakili ortga chaqirtirib olindi.

“Bugundan avval qabul qilingan qarorga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi va Turkiya Qurolli kuchlari o‘zaro harakatlarining barcha amaldagi kanallari uzildi. Bu nafaqat Suriyadagi terrorchilik infratuzilmasi obektlarini yo‘q qilish davomida havodagi noxush holatlarning oldini olish uchun kiritilgan “qaynoq liniya”ga taalluqli”, deb aytdi Konashenkov.

Aloqalarning uzilishiga Turkiya harbiy-havo kuchlari tomonidan Suriyada Rossiyaning Su-24 harbiy samolyoti urib tushirilgani sabab bo‘lgan.

Top