10:35 / 27.11.2015
11319

Rossiyalik deputat rashkchi eri tomonidan portlatib yuborildi

Rossiyaning Novosibirsk qonunchilik kengashi deputati Oksana Bobrovskaya rashkchi eri tomonidan portlatib yuborildi. Buning oqibatida ularning har ikkisi ham halok bo‘ldi.

Portlash shaharning markaziy ko‘chalaridan birida sodir bo‘ldi. Voqea yuz bergan mashina salonida erkak va ayolning yarim yalang‘och tanalari topildi.

Aniqlanishicha, deputat ayolning eri mashina saloniga granata olib kirib, rafiqasini o‘ziga qo‘shib o‘ldirishga qaror qilgan. U rafiqasini xiyonatda gumonlab yurgan.

Guvohlarning ta'kidlashicha, Oksana va Nikita tez-tez janjallashib turishgan. Nikita ilgari maxsus harbiy otryadlarda (spetsnazda) xizmat qilgan. Ularning 4 yashar qizi bor.

Top