12:00 / 27.11.2015
4208

The Sun: "Manchester Siti" Messiga haftasiga 800 ming funt to‘lamoqchi

Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi Ispaniyaning "Barselona" jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messi bilan muzokarani boshlagan. Bu haqda The Sun xabar tarqatgan.

Manbaning aytishicha, 4 marta "Oltin to‘p" mukofotiga egalik qilgan futbolchi uchun inglizlar haftasiga 800 ming funt to‘lashni rejalashtirgan.

Ma'lumot uchun, Messi hozirgi jamoasi "Barselona"da haftasiga 500 ming funt maosh olmoqda.

Qayd etish kerakki, argentinalik futbolchi joriy mavsumda jarohat tufayli mavsum startida bir qancha o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Lekin u 13 uchrashuvda 9ta gol urishga erishgan.

Xabarda aytilishicha, Lionel Messining o‘zi ham "Barselona"dan ketish haqida o‘ylamoqda. Klub birinchi navbatdagi vazifa sifatida o‘zi bilan emas, balki Neymar bilan yangi shartnoma imzolashni maqsad qilgani hujumchiga yoqmayapti. Har ikki futbolchining shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga yetishi lozim va "Barselona" avvalo Neymar bilan muzokara boshlasa Messi jamoadan ketish qaroriga kelishi mumkin. Qolaversa Ispaniyada soliq mojarosi ham bunga ta'sir o‘tkazmoqda.

Top