12:51 / 27.11.2015
30160

Toshkentda bir nechta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi: qurbonlar bor

26 noyabr kuni Rohat aylanma yo‘lining Ohangaron yo‘lida bir nechta avtomobil ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Voqea joyidan olingan fotosuratlarga qaraganda, Matiz, Lacetti, Nexia va Damas avtomobillari orasida kuchli to‘qnashuv sodir bo‘lgan. YTH oqibatida Damas avtomobili deyarli yo‘q bo‘lib ketgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtohalokat natijasida besh kishi halok bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar orasida bolalar borligi aytilmoqda.

«Besh kishi voqea joyida, yana biri 16-shahar kasalxonasida vafot etgan», — deb yozadi guruh a'zolaridan biri. 

Lekin hozircha ularning aniq soni, avtohalokat sabablari haqida rasmiy ma'lumotlar yo‘q.

Ayni paytda bu borada surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Top