19:51 / 27.11.2015
9401

Vnukovo aeroportida IShID a'zosiga erga tegish uchun ketayotgan talaba qiz ushlandi

Moskvaning Vnukovo aeroportida 20 yoshli talaba qiz Irina Babikina qo‘lga olindi. Ma'lum bo‘lishicha, u chegara nazoratidan o‘tayotganida maxsus xizmatlar tomonidan shubha ostiga olinib, so‘roq uchun kabinetga chaqirilgan.
Bundan bir necha kun ilgari qizning otasi politsiyaga murojaat qilib, bo‘lgan voqeani aytib bergan ekan.
Otaning hikoyasiga qaraganda, Irina o‘zining sevgan yigiti – asli iordaniyalik Yazon Odil Galim Abbosiy oldiga uchib ketmoqchi bo‘lgan. Ular uzoq vaqt mobaynida tarmoq orqali muloqot qilishgan. Yazon qizni bir necha marotaba mehmonga taklif qilgan, shuningdek, IShID tarkibiga qo‘shilishga da'vat etgan. Babikina axiyri targ‘ibotlar ta'sirida Turkiyaga yo‘l olgan.
So‘roqdan so‘ng qiz otasiga topshirildi, u esa aeroportning o‘zidayoq qizining pasportini yirtib tashladi. Hozir Irina uydan chiqmayapti, bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Bir necha oylar muqaddam Moskva davlat universiteti talabasi Varvara Karaulova IShID tarkibiga qo‘shilishga yo‘l olganida Chechenistonda qo‘lga olingan edi. Bu voqea Rossiya jamoatchiligida qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqargan edi.

Top