18:59 / 27.11.2015
2811

"Zenit" "Gent"ga qarshi o‘yinni betaraf maydonga ko‘chirishni taklif qilmoqda

Rossiyaning «Zenit» futbol klubi Yevropa chempionlar ligasining 6-turidan o‘rin olgan Belgiyaning «Gent» klubiga qarshi uchrashuvini neytral maydonga o‘tkazish taklifi bilan chiqmoqda. Bu haqda TASSga klub Bosh direktori Maksim Mitrofanov ma'lum qilgan.

«Gent shahar merining bayonoti meni hayratga soldi. Agar hukumat va «Gent» futbol klubi uchrashuvni chempionlar ligasi darajasida xavfsiz o‘tkazib berishni uddalay olmas ekan, unda uchrashuvni neytral maydonda o‘tkazishga asos bor», - deya ta'kidlagan Mitrofanov.

Eslatib o‘tamiz, Gent shahri meri Daniel Termon Rossiya va Turkiya o‘rtasida yuzaga kelgan siyosiy vaziyat bois, shahar hududidagi turk diasporasining xavfsizligini ta'minlash maqsadida Yevropa chempionlar ligasining 6-turidan o‘rin olgan «Gent» – «Zenit» uchrashuvida mehmon jamoa muxlislari kiritilmasligi haqida qaror chiqargandi.

Top