18:45 / 28.11.2015
7238

“Real” Gvardiola bilan aloqaga chiqdi

“Real” jamoasi rahbariyati “Bavariya” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga murojaat qilib, unga Rafael Benitesning o‘rnini egallashni taklif qildi. ARA nashrining yozishicha, Benites futbolchilar, xususan, Krishtianu Ronaldu bilan yaxshi munosabatda bo‘lmagani uchun o‘rnini yo‘qotishi mumkin.

Ilgariroq Gvardiola 2016 yil yozidan “Manchester Siti” boshiga kelish qaroriga kelib, bu haqda matbuot anjumanida ma'lum qilmoqchi edi. Ammo tadbir bekor qilingan edi. Taxmin qilinishicha, Madriddan kelgan taklif uning fikrini o‘zgartirishiga sabab bo‘lgan.

Top