20:01 / 28.11.2015
12267

Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri Barak Obama bilan jang qilishni istab qoldi

Boks bo‘yicha og‘ir vaznda ishtirok etuvchi britaniyalik bokschi Tayson Fyuri ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoga qarshi jangidan oldin qaysi mashhur odamlar bilan ringda uchrashishni istashi haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Sky Sports nashri ma'lum qildi.

“Men Vladimir Klichko bilan orzuimdagi jangni oldim. Undan boshqa yana kim bilan jang qilishim mumkin? Barak Obama bilan. Men u bilan qo‘lqopsiz lo‘licha jang qilgan bo‘lardim”, deb aytdi Fyuri.

25 noyabrda bokschi Klichko bilan jang qilish uchun o‘ziga qulay qo‘lqoplar topolmayotganidan shikoyat qildi hamda Klichkoga qo‘lqopsiz, yalang‘och mushtlarda jang o‘tkazish taklifini bildirdi.

Bokschilar o‘rtasidagi jang 29 noyabrga o‘tar kechasi Dyusseldorfda bo‘lib o‘tadi. Jang Toshkent vaqti bilan 29 noyabrda tungi soat 3 larga yaqin boshlanadi.

Top