09:49 / 28.11.2015
2168

Buyuk Britaniyaga qalbaki “tez yordam” mashinalarida giyohvand moddalar olib o‘tgan gollandiyalik jinoyatchilar fosh qilindi

Gollandiyalik og‘ufurushlar guruhi a'zolari 2014 yil boshidan 2015 yilning iyunigacha Buyuk Britaniya hududiga 2,4 mlrd dollarlik yuzlab kilogramm giyohvand moddalarni qalbaki tez yordam mashinalarida olib o‘tishgan.

iTV telekanalining xabar berishicha, jinoyatchilar Buyuk Britaniyaning turli shaharlariga: Esseks, London, Manchester, Mersisayd, Uest-Yorkshir va Midlendsga kokain, geroin va boshqa turdagi giyohvand moddalarni olib o‘tish uchun qalbaki feldsherlik kiyimi va qo‘ltiqtayoq bilan bo‘lgan fiktiv bemorlardan foydalanishgan. Ular shu tarzda 45 ta narkotiklar partiyasini olib o‘ta olgan.

Jinoyatchilar qo‘lga olindi. Ularni uzoq muddatli qamoq jazolari kutmoqda. Og‘ufurushlarga jazo hukmi keyingi haftada chiqarilishi kutilmoqda.

Top