11:21 / 28.11.2015
1840

Garri Nevill: Silva APLning eng yaxshi o‘yinchisidir

Sky Sports eksperti Gari Nevillning fikricha, “Manchester Siti” yarim himoyachisi David Silva Angliya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisidir.

“Angliya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi David Silvadir. U kerakli rangdagi futbolkada emas”, - ishontirdi Nevill.

Shuningdek, u legionerlar masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
“Men boshqa davlatlar o‘yinchilariga qarshi emasman, ammo APLda legionerlar va mahalliy o‘yinchilar o‘rtasidagi mutanosiblik 50ka 50 bo‘lishi lozim, deb hisoblayman. Bizning ingliz futbolchilarimizda eng yaxshi bo‘lish uchun hamma narsa bor, lekin ularni noto‘g‘ri tayyorlashadi”, - dedi ekspert.

Top