09:56 / 28.11.2015
2024

Jahongir Vohidov Central Asia Cup 2015 yetakchilari qatoriga kirdi

27 noyabr kuni Olmaota shahrida Markaziy Osiyo shaxmat kubogining 7-turi bo‘lib o‘tdi. Qur'a tashlash natijasida toshkentlik sport ustalari samarqandlik raqiblarga qarshi kelishdi. Turnirning ikkinchi taxtasida xalqaro grossmeysterlar Anton Filippov (Toshkent) va Jahongi Vohidov (Samarqand) o‘yin o‘tkazishdi. U samarqandlik sport ustasi foydasiga 0:1 hisobi bilan yakun topdi. 6-taxtada xalqaro sport ustasi Vladimir Yegin (Toshkent) samarqandlik grossmeyster Marat Jumayev ustidan g‘alaba qozondi. Natijada Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi hisob tenglashdi: 1:1.

Shuningdek, Farrux Amonatovning ikkinchi marta durang o‘ynashi raqiblari unga yetib olishiga imkon tug‘dirdi.
7-tur yakunlariga ko‘ra 6 ochkodan to‘play olgan 3 grossmeyster dastlabki 3 pog‘onani band qilib turibdi: Farrux Amonatov (Tojikiston), Jahongir Vohidov (O‘zbekiston), Pyotr Kostenko (Qozog‘iston).

Magichess.uz resursining ma'lum qilishicha, tur doirasida o‘zbekistonlik yunior Timur Igonin xalqaro toifadagi grossmeyster Murtas Qajg‘aleyev (Qozog‘iston) bilan durang o‘ynadi.

Top