14:59 / 28.11.2015
5562

Kasperskiy: IShIDga qarshi xakerlar emas, davlat kurashishi kerak

“Kasperskiy laboratoriyasi”ning bosh direktori Yevgeniy Kasperskiy Spiegel nashriga bergan intervyusida IShID jangarilariga qarshi xakerlar emas, davlat organlari kurashishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

“Hozircha men birinchi navbatda IShIDning ko‘plab veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini ko‘ryapman, ular o‘shalar orqali targ‘ibot yuritmoqda. Umuman olganda, vaziyatni nazorat ostiga davlat organlari va ijtimoiy tarmoqlarning o‘zlari olishi lozim, buning uchun “Anonimus” kerak emas”, - dedi u.

Shu bilan birga, Kasperskiy IShIDning xakerlari ham o‘ta xavfli hujumlar uyushtira olishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Top