08:34 / 28.11.2015
4940

OAV: saratovlik o‘quvchilar Su-24 samolyoti uchun pul yig‘ishmoqchi

Rossiyaning Saratov viloyati o‘quvchilari Su-24 samolyotini qurish uchun pul yig‘ish tashabbusi bilan chiqdilar, deb xabar bermoqda 3-sonli gimnaziya direktori Tatyana Raykovaga iqtibos keltirgan holda “Vzglyad-info” nashri. Raykova bu haqda viloyat dumasidagi ijtimoiy kengash yig‘ilishida ma'lum qildi.

“Loyihamizning maqsadi befarq bo‘lmagan rossiyaliklarni vatanimizni himoya qilishga o‘z hissalarini qo‘shishlari uchun birlashtirishdan iborat. Biz terrorchilar rossiyaliklar mablag‘lariga qurilgan rus samolyotini ko‘rganida qo‘rquvdan falajlashini istaymiz. Biz jangarilar tomonidan urib tushirilgan samolyotning o‘rnini bosuvchi haqiqiy jangovor samolyot uchun mablag‘ yig‘ishni boshlamoqchimiz”, deb aytdi Raykova.

Shuningdek, ma'lum qilinishicha, o‘quvchilar samolyot uchun pul yig‘ish maqsadida “Taqdir va vatan bir” (“Sudba i Rodina yediny”) deb nomlangan sayt yaratishmoqchi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Su-24 samolyotining narxi 5,5 mln dollarni tashkil qiladi.

Top