13:55 / 28.11.2015
3635

Oltinko‘l sanoat kasb-hunar kollejida “Biz - jinoyatchilik va terrorizmga qarshimiz” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi

Yoshlar – yurtimiz ertasi, kelajagimiz davomchisidir. Barkamol avlodni Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda tarbiyalash shu kunning dolzarb vazifalaridan.

27 noyabr kuni Andijon viloyat Oltinko‘l tumanidagi sanoat kasb-hunar kollejida mana shu mavzuda ma'naviy-marifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Kollej talabalari tomonidan tayyorlangan “Yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolmaylik” deb nomlangan sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarda katta tassurot qoldirdi. Tadbir davomida o‘quv muassasasi badiy havaskorlari tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi.

- O‘quv dargohimizda o‘quvchilarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun rejaga asosan haftaning juma kunlari turli mavzudagi marifiy tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazib boriladi,-deydi kollej direktorining ma'naviy -ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Mashrabxon Holiqova. O‘tgan haftada sportning taekvando turi bo‘yicha tuman chempionatini o‘tkazdik, endilikda viloyatimizning taniqli yozuvchi va shoirlari bilan uchrashuvlar tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Elmurod ERMATOV, Andijon

Top