12:09 / 28.11.2015
3513

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining 9 oylik ijrosi ko‘rib chiqildi

27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari, ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 8,0 foizni tashkil etdi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi ham 7,3 foizga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlik yanada mustahkamlanib, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi kuzatildi.

Davlat byudjyeti daromad qismining prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan 100,2 foizga ijro etilishini ta'minladi, bu YaIMga nisbatan 22,4 foizni tashkil etdi. Davlat byudjyetining xarajatlari YaIMga nisbatan 22,3 foizni tashkil etib, bu O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjyetini YaIMga nisbatan 0,1 foiz profi

Top