18:23 / 28.11.2015
3753

Parijdagi teraktlardan so‘ng Fransiya ming kishini o‘z hududiga kiritishdan bosh tortdi

Parijda sodir etilgan teraktlardan so‘ng Fransiya hukumati deyarli ming kishini o‘z hududiga kiritmaslikka qaror qildi. Bu haqda RFI nashri yozmoqda.

“Parijdagi teraktlardan hamda Fransiyada favqulodda vaziyat joriy qilinganidan so‘ng ming kishiga mamlakat kirish ruxsat etilmadi, negaki ular milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid solishi mumkin deb topildi”, - dedi mamlakat ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev.

Fransiyada o‘tadigan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMT konvensiyasi tomonlarining 21-konferensiyasi kunlari xavfsizlikni ta'minlashga huquq-tartibot organlarining 10 ming xodimi safarbar etildi.

Top