15:28 / 28.11.2015
21304

Qozog‘istondan Putinning egizagi topildi

Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning egizagi topildi, deb xabar beradi Tengrinews.kz resursi. Ismini oshkor qilishni istamagan shaxs bu egizakning o‘zi tushirgan suratini “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirdi.

“Bu dushanba kuni 6-raqamli avtobusda bo‘ldi. Taxminan kechki 8 edi. Qarshimda o‘tirgan erkak Putinga juda o‘xshash tuyuldi. Uni suratga olmasdan ilojim yo‘q edi. Oxir-oqibat, har kuni ham avtobusda haqiqiy egizakni uchratavermaysan”, - deyiladi suratga qoldirilgan izohda.

Top