22:46 / 28.11.2015
2947

Samsung kompaniyasi Audi avtomobillarini xotira chiplari bilan ta'minlaydi

Samsung Electronics kompaniyasi Audi kompaniyasi bilan tuzilgan strategik hamkorlik doirasida kompaniya avtomobillari elektronikasi uchun yarim o‘tkazgich detallar yetkazib beradi. Bu haqda Janubiy Koreya kompaniyasi blogida chop etilgan xabarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, Samsung kompaniyasi Audi modellarida o‘rnatiluvchi axborot-ko‘ngilochar tizimlar, asboblar paneli va elektron yordamchilar uchun xotira (20 nmli tezkor xotira LPDDR4 va 10 nmli doimiy xotira eMMC 5.1) chiplari ishlab chiqarishni boshlaydi.

Audi va Samsung kompaniyalarining ittifoqi avtotransportning elektron jihozlari borgan sari faqatgina oshirilib borilishini yana bir bor isbotlaydi, ayniqsa haydovchisiz mashinalar ishlab chiqarish davom etayotgan hozirgi sharoitda. Gartner tahlilchilarining prognozlariga ko‘ra, 2016 yilda avtomobillar uchun mikrosxema ishlab chiqarish hajmi 32,7 mlrd dollarga yetadi. Yarim o‘tkazgich detallar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar avtomobil transportlarida ishlatiluvchi xotira chiplarini sotishdan oladigan tushumi 2015 yilga nisbatan 1,5 mlrd dollarga ko‘payadi.

Top