14:14 / 28.11.2015
4126

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Java2Andorid» seminar-treningi bo‘lib o‘tdi

2015 yil 24-27 noyabr kunlarida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining iqtidorli talabalari uchun Android ilovalarni yaratish va Java dasturlash tilini mukammal o‘rgatish maqsadida “Java2Android” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Unda TATU professor-o‘qituvchilari va soha korxonalaridan dasturchi-muhandislar Android tizimida ilovalar yaratish bo‘yicha 4 kun davomida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borishdi.


Seminar-trening davomida talabalar hozirgi kunda Java va Android tizimida yaratilayotgan ilovalar holati hamda ularning yangi texnologiyalari bilan tanishdilar. O‘z navbatida talabalar mashg‘ulotlar davomida jamoalarga bo‘lingan xolda loyihalar yaratib, taqdimot tayyorladilar.
Seminar-trening yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

 

 

Alisher Abdullayev, Kun.uz mobil muxbiri

Top