16:32 / 29.11.2015
11968

Anqara Moskva bilan ochiq aloqa kanallarini saqlab qolmoqchi

Rasmiy Anqara moskvalik hamkasblari bilan ochiq aloqa kanallarini saqlab qolishdan manfaatdor. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li bayonot berdi.

“Bizning ustuvor maqsadimiz Rossiya bilan barcha asosiy aloqa kanallarini ochiq saqlashdir”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Turkiya harbiylari tomonidan Rossiyaning Suriyadagi aviaguruhiga tegishli Su-24 samolyotining urib tushirilishidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashdi.

Top