Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bokschi Vladimir Klichkoga britaniyalik raqibi Tayson Fyuriga qarshi o‘tkazgan uchrashuvi uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Hayajonli jang! Vladimir, kurashganingiz uchun rahmat!”, - deb yozdi davlat rahbari Twitter’dagi sahifasida.
Klichko Fyuridan ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchradi. Bu bokschining 11 yil ichidagi birinchi mag‘lubiyatidir.