Turkiya Yevrokomissiya mamlakatga 3 mlrd yevro miqdorida mablag‘ ajratishni tasdiqlagach, Yevropa Ittifoqiga muhojirlar oqimi masalasida yordam ko‘rsatishini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
“Tomonlar muhojirlar inqirozi masalasida o‘zaro hamkorlikni yanada faollishtiradi”, — deyiladi ma'lumotda.
Bu muammoni hal etish uchun Turkiya Yevrokomissiyadan 3 mlrd yevro hisobida mablag‘ oladi. Ma'lum qilishlaricha, summa keyinroq qisqartirilishi ham mumkin.