16:17 / 29.11.2015
2551

Ukraina aviaxizmati chet el charter reyslari ustidan nazoratni kuchaytirdi

Ukraina davlat aviatsiya xizmati xavfsizlikni ta'minlash maqsadlarida chet el charter reyslari ustidan nazoratni vaqtinchalik kuchaytirdi, deb xabar beradi RIA Novosti agentligi.

“Xavfsizlik maqsadlarida Ukraina davlat aviatsiya xizmati Ukrainada ro‘yxatda o‘tmagan havo kemalari tomonidan amalga oshirilayotgan charterlar nazorati bo‘yicha vaqtincha maxsus qoidalar joriy qiladi. 28 noyabrdan boshlab idora nazoratning va xalqaro charterlarni amalga oshirishga ruxsat berishning vaqtinchalik tartibini joriy qiladi”, - deyiladi xabarnomada.

Aytilishicha, nazorat tadbirlarida xavfsizlik xizmati, politsiya va chegara xizmati ishtirok etadi.

Top