07:53 / 29.11.2015
3011

Xitoyning eng keksa pandasi yubileyi nishonlandi

Xitoyda 28 noyabrda Basa laqabli, mamlakatdagi eng yoshi ulug‘ pandaning 35 yoshi nishonlandi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi ma'lum qildi. Agentlikning ma'lum qilishicha, pandaning yoshi insonniki bilan taqqoslaganda 100 yoshga yaqinni tashkil qiladi.

Basa Xitoyda nafaqat o‘zining yoshi tufayli keng mashhurlikka ega bo‘lgan: u 1990 yilda Pekinda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari ramzi sifatida olingan. Zoologlarning aytishlaricha, pandaning uzoq umr ko‘rishiga uch omil ta'sir ko‘rsatgan: qo‘lga o‘rgatilishi, ilmiy tomondan ishlab chiqarilgan ratsion va malakaviy tibbiy parvarish.

Urg‘ochi ayiq qo‘lga o‘rgatilishi evaziga insonlarga ishonishni o‘rgangan va ularni o‘ziga yaqin keltirgan. Odamlar buning evaziga uning salomatligidagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlay olishga muvaffaq bo‘ldilar. Xususan, Basada kataraktani bartaraf etish bo‘yicha operatsiya o‘tkazildi, buning natijasida uning ko‘rish qobiliyati qisman tiklandi. Shuningdek, ayiq sog‘lom tishlarga ega.

“Xitoy kompoti” nashriga ko‘ra, Basa Fuchjou shahridagi katta pandalar tadqiqot markazida saqlanadi. U Xitoyning markaziy qismida tavallud topgan. 1984 yilda panda 4 yosh bo‘lganda mahalliy qishloqlardan birining vakili giyena taqibidan qochib sovuq daryoga tushib qolgan Basani qutqarib qolgan. Shundan keyin ayiq qo‘riqxonaga joylashtirilgan, keyinroq u markazga o‘tkazilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Basa yoshi ulug‘ligi bo‘yicha dunyodagi 2-raqamli panda hisoblanadi. Bu turning eng keksa vakili – 38 yoshli Tszya-Tszya laqabli urg‘ochi panda bo‘lib, u Gonkongdagi ko‘ngilochar bog‘da saqlanadi. Qoida bo‘yicha, pandalar tutqunlikda 30 yoshgacha yashaydi.

Top