09:43 / 29.11.2015
6068

Yaponiya sun'iy yo‘ldoshi Xitoy, Hindiston va AQSh shaharlari atrofida metan me'yoridan ortiq to‘planayotganini qayd qildi

Yaponiyaning “Ibuki” metereologik sun'iy yo‘ldoshi Xitoy, Hindiston va AQShning yirik sanoatlashgan shaharlari atrofida bug‘ gazlaridan biri bo‘lmish metan me'yoridan ortiq to‘planayotganini qayd qildi. Bu haqda Tokyo Shimbun gazetasi xabar qildi.
Tadqiqot natijalari Parijda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha o‘tadigan COP-21 konferensiyasining ochilishidan bir necha kun oldin e'lon qildi.
Atrof muhitni himoya qilish vazirligi va atrof muhit tadqiqotlari milliy instituti yo‘ldosh tomonidan 2009 yil avgustidan 2012 dekabrigacha yuborilgan ma'lumotlarni tahlil qilib, shuning asosida metanning eng katta konsentratsiyasi – 81 ppb Xitoyning umumiy aholisi 22 mln kishini tashkil qiladigan Chendu va Chuntsin shaharlari atrofida ekanligini aniqladi.
Bunda yirik botqoqliklar va o‘rmon yong‘inlari hududlari inobatga olinmadi.
Ikkinchi o‘rinda Pokistondagi Lahor 58.1 ppb ko‘rsatkichi bilan turibdi. Undan keyingi pog‘onalarda Kalkutta (Hindiston, 54 ppb), Dakka (Bangladesh, 54 ppb), Los-Anjyeles, San-Frantsisko (AQSh, 33.7 ppb), Nyu-York, Pittsburg (AQSh, 22 ppb) shaharlari turibdi. Ushbu ro‘yxatga kirgan Rossiyaning yagona shahri Surgut bo‘ldi, uning havosidagi metan konsentratsiyasi 35 ppb’ni tashkil qildi.

Top