22:43 / 29.11.2015
4141

Yashnobodlik erkak o‘zi ishlaydigan sexga o‘g‘rilikka tushdi

Yashnobodlik erkak o‘zi ishlaydigan sexga o‘g‘rilikka tushdi, deb yozadi “Ogoh” gazetasi.
Toshkent shahridagi mazkur sexda qog‘ozli g‘altaklar ishlab chiqarilar edi. Uning xodimi Asqar Latipov har kuni ertalab 8:00da boshlig‘i Narimon Qambarovning kelib, asosiy eshikni yopib, muhrlab ketishini kutardi. Bir safar boshliq 1.5 soatga kechikda. O‘shanda Latipovga sexda ilgari ishlagan Artyom kelib, unga sexga o‘g‘rilikka tushishni taklif qilgan. Bunga rozi bo‘lgan Latipov ichkariga kirib, derazalardan birini ochiq qoldirgan.
Narimon Qambarov soat 9:30da kelib, eshikni muhrlab ketgan. Tunggi soat 0:30da Latipov Artyom hamda yana bir nechat sherigi – Sodiq va Jamol bilan birga sex ichidan 4.8 mln so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irlab chiqishgan. Ularni o‘z mashinasida Sodiqning akasi Komron olib ketgan.
Ertasi kuni o‘g‘rilikni aniqlagan Qambarov darhol tegishli idoralarga murojaat qilgan. O‘g‘rilar qisqa muddatda qo‘lga olingan.

Top