19:46 / 30.11.2015
2302

Al-Husayn: FIFA prezidentligiga saylansam, barcha hisobotlar ochiq bo‘lishini ta'minlayman

FIFA prezidentligi uchun nomzod bo‘lgan Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husayn agar mazkur lavozimga tayinlangan taqdirda amalga oshiradigan rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men barcha hisobotlar ochiq bo‘lishini ta'minlayman. Hisoblashimcha, odamlar buni bilishga haqlari bor. Ish haqi, moliyaviy hisobotlar – bularning barchasi ochiq-oshkora bo‘lishi lozim. Odamlar bu axborotlarning barchasi shaffof bo‘lishini istashadi».

«Biz so‘zda emas, ishda ochiq va shaffof bo‘la olishimiz kerak. Bizga bu borada ishimizga boshqa nigoh bilan qarashimiz kerak bo‘ladi », – deya Al-Husayn, so‘zlaridan iqtibos keltiradi «R-Sport».

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligi uchun saylovlar 2016 yilning fevral oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Top