23:22 / 30.11.2015
6336

Audi kompaniyasi o‘z tarixidagi eng kuchli poyga mashinasini yaratdi

Audi avtokompaniyasining avtosport bo‘limi “nemis markasi tarixida eng kuchli va samarali poyga avtomobili” deb atalayotgan R18 sportprototipining yangi versiyasini taqdim qildi. 2016 yilda mashina LMP1 toifasidagi chidamlikka poygalar jahon chempionatida (WEC), jumladan “Le-Man 24 soati” bir kunlik marafonda ishtirok etadi.

Sportprototipning gibrid kuch qurilmasi tarkibiga modernizatsiya qilingan 4 litrli olti silindrli dizel motor kiritilgan. Kuch qurilmalarining umumiy kuchi aytilmagan. Kompaniyada faqatgina yangi R18 kuch qurilmasi umumiy miqdorda 830 ot kuchini beruvchi o‘zining oldingi modelidan kuchliroq bo‘lishi aytildi.

Mashina kuzovining old qismi aerodinamik ko‘rsatkichlar yaxshilanishi uchun to‘liq o‘zgargan. Bundan tashqari, avtomobil konstruksiyasida bir qator yengil komponentlar qo‘llangan.

Yangi Audi R18 avtomobili WECning yangi mavsumida 2016 yil 14 aprelda Buyuk Britaniyadagi Silverstoun trassasidagi poygada ilk bor o‘zini namoyon qiladi.

Top