08:43 / 30.11.2015
2679

Dunyo bo‘ylab iqlim o‘zgarishlariga qarshi marshlarda 570 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi

Tashkilotchilarning ma'lumotiga ko‘ra, Paragvaydan Avstraliyagacha bo‘lgan hududlarda o‘tkazilgan Iqlimiy sammitga qarshi namoyishlarda jami 570 ming nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.

Parijda teraktlar tufayli namoyishlar bekor qilingani uchun, odamlarning o‘rniga 20 ming juft oyoq kiyim ramziy ma'noda namoyish ishtirokchisi bo‘ldi. Ularning orasida Rim papasi va BMT bosh kotibi uchun ham tuflilar bo‘lgan.

Dunyoning ko‘plab shaharlarida namoyishchilar qutb oq ayig‘i yoki pingvinlar qiyofasiga kirgan holda ko‘chalarga chiqishgan.

Biroz oldinroq, Parijda iqilimiy sammitga qarshi namoyish ishtirokchilarining 200dan ortig‘i qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Top