22:50 / 30.11.2015
3582

Fransiya maxsus xizmati Parij teraktida gumonlangan shaxs Suriyaga qochib ketganini ma'lum qildi

Fransiya maxsus xizmati Parij teraktida aloqasi bor Saloh Abdusalom Suriyaga qochib ketgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda OAV xabar bermoqda.

Belgiyada o‘tkazilgan politsiya reydi paytida qo‘lga olinganlardan birining aytishicha, Parij teraktidan bir kun o‘tib, u mashinasida Bryussel yaqinidagi metrodan Abdusalom va uning bir hamrohini oladi. Yo‘lda Saloh Abdusalom Parij teraktidan halok bo‘lganlardan biri uning akasi ekanligini aytadi.

Belgiyada qo‘lga olingan yana ikki nafar gumonlanuvchining ma'lum qilishicha esa, Parij teraktidan ma'lum bir soatlar vaqt o‘tgach, ular Abdusalomni Fransiya poytaxtidan olib Bryusselga eltib qo‘yishadi. Ularning ta'kidlashicha, Abdusalom ularga qo‘ng‘iroq qilgan va mashinasi buzilgani sabab, uni olib ketishlarini so‘ragan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Abdusalomni Parij teraktida aloqasi borligini bilishmagan.

Top