09:24 / 30.11.2015
6714

Misr Rossiya uchun Turkiyaning o‘rnini bosishga tayyor

Misr savdo va sanoat vaziri Tariq Qobil rasmiy Qohira Turkiyaning o‘rnini bosib, meva-sabzavot, kiyim-kechak va teri buyumlar eksporti bilan Rossiyani ta'minlashga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

“Misr Rossiya bozorini zaruriy, ayniqsa, Rossiya tomonidan Turkiya meva va sabzavoti, shuningdek, kiyim-kechak va teri buyumlar importini cheklash haqida qaror qabul qilinganidan so‘ng Turkiyadan olib kelinadiganlariga muqobil tovarlar bilan to‘ldirishga tayyor”, - deyiladi uning bayonotida.

Aytilishicha, bu taklif Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan BAAdagi uchrashuvda muhokama qilingan. Misr, shuningdek, Turkiya importi asosini tashkil qiluvchi mahsulotlar ro‘yxatini so‘rab, shu ma'lumotlar asosida masala ko‘rib chiqilishini ma'lum qilgan.

Top