13:41 / 30.11.2015
2346

Nazarboyev mamlakat iqtisodiy o‘sishini 5 foizga olib chiqishga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev yaqin istiqbolda mamlakat iqtisodiy o‘sish darajasini 5 foizga yetkazishni ta'minlashga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Interfaks agentligi yozmoqda.

O‘zining millatga murojaatida Oq O‘rda rahbari qayta ishlangan tovarlar eksportini 2015 yildagidan 2 barobarga oshirib, bu tarmoqdan keladigan hajmni 30 mlrd dollarga yetkazishni taklif qildi.

Shuningdek, u investitsiyalarning yillik ko‘rsatkichini 10 mlrd dollarga yetkazib, 10 yil ichida 100 mlrd dollarni iqtisodiyotga jalb qilishga chaqirdi. Bu, uning fikricha, mehnat samaradorligini 2 barobarga oshiradi, 660 ming yangi ish o‘rni yaraladi.

Top