14:25 / 30.11.2015
7293

Nazarboyev: Rossiya bombardimonchi samolyoti Turkiyaga emas, terrorchilarga qarshi kurashishga ketayotgan edi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya va Turkiya munosabatlarida yuzaga kelgan keskinlikni sharhlab o‘tdi.

“Biz Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi voqealardan tashvishdamiz, ammo barcha nyuanslar bizga hozircha yaxshi ma'lum emas. Ammo fakt shundaki, Rossiya bombardimonchi samolyoti Turkiyaga emas, terrorchilarga qarshi kurashishga ketayotgan edi”, - dedi u.

“Biz har doim barcha ixtiloflarni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori bo‘lganmiz. Men Rossiya va Turkiya pozitsiyalarini yaqinlashtirish, ularni do‘stona davlatlarga aylantirish ustida ko‘p yillar ishlagan odamman. Demirel va prezident Yeltsin davridan boshlab”, - qo‘shimcha qildi Nazarboyev.

Top