00:03 / 30.11.2015
3425

Pekinda chang tufayli ekologik xavfning “to‘q sariq” darajasi e'lon qilindi

Pekin hukumati chang tufayli mamlakatda ekologik xavfning “to‘q sariq” darajasini e'lon qildi, deb xabar bermoqda “Sinxua”.

Sinoptiklarning ma'lum qilishicha, namlikning ko‘tarilishi va shamolning yo‘qligi sabab chang shahar uzra yana ikki kun turadi.

Xavfning “to‘q sariq” darajasida sanoat korxonalari ishlab chiqarishni qisman yoki mutlaqo to‘xtatishlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, qurilish mollarini tashish va yuk avtomobillarini boshqarish ham taqiqlanadi.

Bundan tashqari, shahar ma'muriyati ko‘mirdan quvvat oluvchi elektrostansiyalar ustidan nazoratni ham kuchaytirgan.

Top