17:02 / 30.11.2015
8268

Rossiya kemalarida Bosforga kirishi bilan muammolar boshlandi

29 noyabr kuni ertalab Rossiya kemalari Bosfor bo‘g‘ozi o‘tishda maxsus ruxsat olish uchun uzoq vaqt kutishlariga to‘g‘ri keldi. Bu haqda transport strategiyalari markazi xabar bermoqda. Bosfor bo‘g‘ozi Qora dengizni Marmar dengizi bilan bog‘laydi.

Kemalar harakatini onlayn rejimda kuzatadigan marinetraffic.com resursining ma'lum qilishicha, yakshanba kuni Rossiya kemalari bo‘g‘ozdan o‘tishga ruxsat berilishini uzoq kutishlariga to‘g‘ri kelgan va tinmay u yoqdan-bu yoqqa aylanishlariga to‘g‘ri kelgan.
29 noyabr tunida Rossiya kemalari axiyri bo‘g‘ozdan o‘tdilar.

Top