21:06 / 30.11.2015
8616

Rossiyaning Su-34 samolyoti ilk marta "havo-havo" raketasi bilan parvozga chiqdi

Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari vakili, polkovnik Igor Klimovning ma'lum qilishicha, Rossiyaga tegishli Su-34 samolyoti harbiy topshiriq uchun nafaqat bombalar, balki "havo-havo" toifasidagi raketalar bilan yo‘l oldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.

"Rossiyaning Su-34 rusumdi harbiy qiruvchi-bombardimonchi samolyoti birinchi marta parvozga qisqa va o‘rta masofalar uchun mo‘ljallangan "havo-havo" raketalari bilan chiqdi. Samolyot OFAB-500 va KAB-500 aviabombalari bilan ham ta'minlangan", deya ma'lumot bergan Klimov.

Uning aytishicha, bu raketalar samolyotga 60 km masofadagi dushmandan himoyalanish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni Suriya osmonida urib tushirilgan Su-24 bombardimonchi samolyoti Suriyaning Lataqiya viloyati hududiiga, Turkiya chegarasiga yaqin bo‘lgan hamda Rossiya aviatsiyasi bazasi joylashgan hududga qulagandi.

Samolyotni urib tushirgan Turkiya tomoni samolyot o‘z havo kengliklarini buzib o‘tganlikda ayblab urib tushirgan.

Moskva tomoni esa bu ayblovni tan olmagan.

Top