12:00 / 30.11.2015
3437

Toshkentda ikki abituriyentni o‘qishga kiritish bahonasida ulardan pul olgan firibgar ayol qo‘lga olindi

Toshkentda ikki abituriyentni o‘qishga kiritish bahonasida ulardan pul olgan firibgar ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, abituriyentlar Vakil Rashidov va Furqat Fozilov o‘qishga kira olmaganidan xabar topgan Vahob (ularning amakisi) o‘zi ilgaridan taniydigan, “shunday ishlar bilan shug‘ullangan” Fazilat Davirovaga murojaat qilgan.

Davirova 2 sentabr kuni har ikki abituriyent talabaga aylanishi va'da qilib, ulardan pul olgan. Ammo ko‘rsatilgan sanada universitetga borgan Rashidov va Fozilovlar talabalar ro‘yxatida yo‘q ekanliklarini ko‘rdilar. Ular huquq-tartibot organlariga murojaat qilishdi.

Ma'lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan Davirova muqaddam shunday ish uchun sudlangan va ayni kunlarda sinov muddatida yurgan ekan. Uning ishi sudda qaytadan ko‘rib chiqilmoqda.

Top