09:27 / 30.11.2015
4050

Turkiya bosh vaziri: YeIga qo‘shilish jarayoni tezlashmoqda

Turkiya bosh vaziri Ahmad Davuto‘g‘li YeI-Turkiya sammiti yakunlari bo‘yicha uning mamlakati va Yevrokengash Turkiyaning YeI tarkibiga kirishi jarayonini tezlatish uchun yiliga ikki marotabadan sammit o‘tkazishini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

“Biz har yili ikki martadan sammit o‘tkazish, qo‘shilish jarayonini tezlatishga kelishib oldik. YeI bilan vizasiz tartib masalasi bo‘yicha kalendar belgilab olindi. Martda (2016 yil) birinchi hisobot, iyunda — muhojirlarni ortga qaytarish to‘g‘risidagi kelishuv, oktabrda esa vizasiz tartib kuchga kiradi. Buning uchun biz va Yevrokengash tomonidan qilinadigan ishlar bor”, - dedi u.

Davuto‘g‘li YeI tomonidan ajratilgan 3 milliard yevro Turkiya emas, balki qochqinlarga sarflanishini ma'lum qildi.
“Bizning yakuniy maqsadimiz odam savdosi hamda qochqinlarga nisbatan jinoyatlar yo‘lini kesish, shuningdek, Yevropaga yo‘l olgan muhojirlar sonini qisqartirishdan iborat”, - deya qayd etdi bosh vazir.

Sammitda YeI va Turkiya rahbarlari tomonidan Anqara tomonidan taklif etilgan vizasiz tartib, moliyaviy ko‘mak hamda migratsion inqirozni hal etishda ko‘maklashish hisobiga YeIga qo‘shilish borasidagi muzokaralarni qayta jonlantirish masalalari muhokama qilindi.

Top