Xitoyning Tszoupin uyezdidagi (Shandun viloyatida) po‘lat zavodida chiqqan gaz sizishi natijasida halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi, 7 kishi jabrlangan. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda. Avvalroq 5 kishining halok bo‘lgani haqida xabar berilmoqda.
Voqea yakshanba kuni tunda yuz bergan. Korxonaning jabr ko‘rgan barcha xodimlari kasalxonalarga yotqizilgan.
Hukumat avariya sabablarini o‘rganmoqda. Voqea tafsiloti haqida boshqa xabar berilmagan.