23:38 / 01.12.2015
8843

AirAsia samolyotining dengizga qulashi sabablari ma'lum qilindi

2014 yilda bortidagi 162 nafar yo‘lovchi bilan Yava dengiziga qulagan AirAsia Indonesia aviakompaniyasining Airbus samolyoti texnik muammolar va ekipaj xatti-harakati sabab halokatga uchragan. Bu haqda Reyter agentligi haqda xabar bermoqda.

Sinchklovlik bilan olib borilgan tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, samolyotning uchuvchi boshqarmasi tizimida to‘rt marta, o‘tgan yilda esa 23 marta ishlamay qolgan element bo‘lgan.

“Shu sabab samolyot ekipaji uni boshqara olmagan”, — deyiladi Indoneziya transport xavfsizligi milliy agentligi keltirgan ma'lumotda.

Ma'lumot uchun, Airbus layneri 2014 yilda 28 dekabrda bir soat davomida radar ekranlaridan yo‘qolgan, keyinchalik u bortidagi 162 nafar yo‘lovchisi bilan (aksariyati Indoneziya fuqarolari) halokatga uchragani ma'lum bo‘lgan edi.

Top