12:47 / 01.12.2015
3797

AQShda kim oshdi savdosida "arvoh shahar" 250 ming dollarga sotuvga qo‘yildi

AQShning Suett shaharchasi qoldiqlari (Janubiy Dakota shtati) kim oshdi savdosi orqali sotiladi. "Arvoh shahar" nomini olgan bu shaharning 250 ming dollar narx bilan sotuvga qo‘yilgani haqida savdo agenti Steysi Montgomeri ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Suett shaharchasi Rapid-Sitidandan 160 km janubi-sharqda joylashgan. Unda kichik bar, bir necha xo‘jalik inshooti, ustaxona va artezian qudug‘i mavjud. Avtomobil shossesiga ulangan shaharchaning maydoni 0,02 kv. km.

1940-yillarda Suett shaharchasi aholisi 40 nafar atrofida bo‘lgan. U vaqtda shaharda do‘kon va pochta ham bor edi. Ayni vaqtda shaharchadagi uyda 2 kishi, xo‘jayin Lens Karson va uning rafiqasi yashaydi. Ularning kuchugi ham bor. Janob Benson shaharchani 1988 yilda sotib olgan, keyinroq nikoh bitimi shartlari bo‘yicha uni sotishiga to‘g‘ri kelgan, 2012 yilda yana qayta xarid qilgandi.

Shaharchani sotib olgan kishi unga yangi nom berishi mumkinligi aytilgan. Montgomerining aytishicha, Suettni sotib olishga qiziqish nafaqat AQShda, Rossiya, Xitoy, Germaniya va Avstraliyada mavjud. Shuningdek, Rossiyadagi kinokompaniyalardan biri bu yerda film olishni maqsad qilgan.

Qayd etilishicha, 2014 yilda ham shaharcha sotuvga qo‘yilgan, lekin xaridor topilmagandi. O‘shanda shaharcha uchun 399 ming dollar so‘rashgandi.

Top