16:28 / 01.12.2015
5360

Beeline Va4ach tezkor milliy messenjerni ishga tushirmoqda

O‘zbekiston aloqa operatori Beeline Va4ach eng yangi mobil ilovasining ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Dastur milliy messenjerni ifodalaydi – WhatsApp, Viber va Telegram kabi ommabop servislarning milliy analogi bo‘lib, bugungi kundan boshlab barcha Beeline abonentlari Android OT Google Play do‘konidan ilovani yuklab olishlari mumkin.

Voqeani sharhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “Bu haqiqatdan ham O‘zbekiston uchun noyob loyiha, u Beeline abonentlarining qulay muloqotlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi. Sir emas, so‘ngi payt mobaynida turli messenjerlar dunyo bo‘ylab yuzlab insonlarni o‘ziga jalb etdi, shuning uchun kompaniyamiz, bozorning innovatsion yetakchisi sifatida ushbu trenddan chetda qolmadi. Shaxsiy on-layn messenjerning joriy qilinishi mijozlariga jahon darajasidagi zamonaviy xizmatni taqdim etuvchi digital-provayder imidjini yana bir bor tasdiqlaydi”.

Va4ach‘ning boshqalardan farqi – bepul tarifikatsiya, fotosuratlar, videofayllar va ovozli xabarlar bilan tezkor almashish, va bir necha kishiga bir paytning o‘zida xabarlar yuborish imkoniyatining borligidir.

“Messenjerning asosiy afzalligi shunda-ki, u Beeline abonentlari uchun mutlaqo bepul, – deydi Unitel‘ning marketing xizmati rahbari Hilola Karimboyeva. – Bundan tashqari, Va4ach TAS-IX doirasi joylashgan, bu esa matnli va multimediya xabarlarning yetkazib berilish tezligi yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Ishonaman, messenjerimizni nafaqat mijozlarimiz orasida, balki barcha Android foydalanuvchilari orasida ham katta ommaboplik kutmoqda”.

Va4ach on-layn messenjerini quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin:

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.unitel.va4ach

Top